“Denov agro star” MChJ Denov tumani “Jamatak” mahallasi hududida yengil konstruksiyali limon ko‘chatchilik savdo maishiy xizmat ko‘rsatish shaxobchalari hamda kompleks majmua hududida 2 etajli 12 ga 18 xodimlar uyi hamda agro o‘quv laboratoriya barpo etish bo‘yicha pudratchi tashkilotlarni tanlov asosida hamkorlikka chorlaydi.
Pudratchiga qo‘yilgan asosiy talabalar:
- tajriba,
- muzlatkich omborxonalari qurilishi va ularni texnologik jihozlash bo‘yicha kamida 5 yillik muvaffaqiyatli ish tajribasi.
Moliyaviy poklik: davlat byudjeti va soliq organlari oldida muddati o‘tgan qarzdorliklar mavjud emasligi.
Texnik ta’minot: qurilish-montaj ishlarini sifatli bajarish uchun zarur bo‘lgan o‘ziga tegishli og‘ir texnikalar va maxsus uskunalarning mavjudligi.
Kadrlar salohiyati: qurilish jarayonini loyihalashdan boshlab foydalanishga topshirishgacha boshqara oladigan, oliy ma’lumotli va tajribali muhandis-texnik xodimlarga ega bo‘lish.
Sifat va muddat: belgilangan muddatlarga qat’iy rioya qilish va ob’yektni zamonaviy texnik standartlarga to‘liq javob beradigan darajada topshirish.
Kafolat: bajarilgan ishlar va o‘rnatilgan sovutish tizimlari uchun uzoq muddatli kafolat taqdim etish.
Batafsil ma’lumot: tanlovda qatnashish istagida bo‘lgan pudratchilar uchun barcha texnik shartlar, loyiha detallari va qo‘shimcha talablar "Denov Agro Star" MChJ ofisida shaxsan uchrashuv davomida batafsil tushuntiriladi.
Loyiha qiymati va moliyalashtirish. Umumiy loyiha qiymati: 10 mlrd 295 mln. so‘m (O‘zbekiston so‘mida).
Tanlov muddatlari.
Ariza topshirish muddati - ushbu e’lon e’lon qilingan kundan boshlab 2 kun etib belgilanadi. Belgilangan muddatdan kechikib topshirilgan takliflar ko‘rib chiqilmaydi.
Manzil: Surxondaryo viloyati, Denov tumani, “Jamatak” MFY, Farovon ko‘chasi 45 uy.
Murojaat uchun telefonlar: "Denov Agro Star" MChJ rahbari: ++998 91 574-74-04
Elektron pochta: info@denovagrostar.uz
Murojaat vaqti: ish kunlari soat 09:00 dan 18:00 gacha.