"Respublikada limonchilik sohasini qo‘llab- quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora tadbirlar to‘g‘risida" gi O‘zbekiston prezidentining 2025-yil 2- apreldagi qarori ijrosini taʼminlash yuzasidan ATB "Turon" bank respublika boshqaruvi, Denov Agro Star MCHJ hamda ATB Surxondaryo BXM rahbariyati tashabbusi bilan Sariosiyo tumanida "LIMON HOSILI SAYLI" amaliy seminar tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Unda ATB "Turon" bank respublika boshqaruvi raisi o‘rinbosari Rustam Haydarov, DENOV AGRO STAR MCHJ raxbari U.Maxmudov hamda ATB turon bank Surxondaryo BXM rahbari Elbek Xo‘janazarov ishtirok etdi. Tadbirda shuningdek, "Issiqxona xo‘jaliklari faoliyati samaradorligini oshirish va eksport hajmini ko‘paytirishga doir qo‘shimcha chora- tadbirlar to‘g‘risida gi " prezidentimizning 181- sonli farmonida ko‘zda tutilgan yengilliklar to‘g‘risida ham tadbirkorlarga to‘liq maʼlumotlar berildi.
✈️@Denovagrostar_mchj
https://denovagrostar.uz/