Italiya kompaniyasi delegatsiyasi Denov Agrostarda
📅 Joriy yilning 15-dekabr kuni Italiya kompaniyasi “Spirito Alchemico” bosh direktori Antonio De Luka boshchiligidagi delegatsiya Surxondaryo viloyatiga tashrif buyurdi.
🏗 Bugungi kunda Surxondaryo viloyatida “DENOV-AGRO STAR” MCHJ tomonidan limon va yeryongʻoq etishtirishni rivojlantirishga qaratilgan agrokompleks qurish loyihasi izchil amalga oshirilmoqda.
💬 Tashrif doirasida Italiya tomoni bilan ushbu loyiha hamda kelgusida qo‘shma tashabbuslarni yo‘lga qo‘yish masalalari yuzasidan muzokaralar olib borildi.